Bu yurtga daholar kerak
Bu yurtga daholar kerak
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Buyuk yurtga endi daholar kerak” shiori ostida adabiy anjuman tashkil etildi. Anjumanda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi rais oʻrinbosari Botirjon Ergashev, Oʻzbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim Gʻafurov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, huquqshunos olim Akmal Saidov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli adib Xurshid Doʻstmuhammad, Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron soʻzga chiqib, ustoz shoir Erkin Vohidovni iliq soʻzlar bilan xotirladi. Shuningdek, tadbirda Erkin Vohidov ijod maktabining Fargʻonadagi iqtidorli oʻquvchilari oʻz sheʼrlari va qilgan tarjimalaridan aytib berdi. Qisqa aytganda, mehmonlar yangi ovozlarni kashf qildi, ularga baho berdi, soʻz sehridan bahramand boʻldi. Bundan tashqari shoirning hajviy asarlarini sahnalashtirgan holda, sahna ko‘rinishi namoyish etishdi.
Qatnashchilar Piyodalar klubi faoliyatiga hissa qoʻshish uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasidan “Sehrli shaharcha” bogʻigacha piyoda yurib borishdi. Sogʻlom turmush tarzi targʻibotchilariga aylangan ijodkor ustozlar, yosh qalamkashlar va iqtidorli oʻquvchilar yozuvchilar uyushmasidan sehrli shaharchaga qadar piyoda borishdi.
Ayni paytda “Sehrli shaharcha” bogʻining yozgi amfiteatrida Erkin Vohidov sheʼrlari asosida yaratilgan qoʻshiqlardan iborat “Nazm va navo” kechasi boshlanish arafasida. Unda nafaqat ijodkorlar, balki keng jamoatchilik vakillari ham qatnashyapti. Sevimli sanʼatkorlarimiz tomonidan kuylanadigan qoʻshiqlar shoir ijodining muxlislari qalbiga yanada chuqurroq kirib borishiga ishonchimiz komil
Bir soʻz bilan aytganda, “Adabiyot – xalqning yuragi” shiori ostida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbirlar doirasida tashkil etilgan adabiy press tur va anjuman, xotira kechasi chinakamiga katta adabiyot bayramiga aylandi. Bu yurtga daholar kerak
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Buyuk yurtga endi daholar kerak” shiori ostida adabiy anjuman tashkil etildi. Anjumanda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi rais oʻrinbosari Botirjon Ergashev, Oʻzbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim Gʻafurov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, huquqshunos olim Akmal Saidov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli adib Xurshid Doʻstmuhammad, Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron soʻzga chiqib, ustoz shoir Erkin Vohidovni iliq soʻzlar bilan xotirladi. Shuningdek, tadbirda Erkin Vohidov ijod maktabining Fargʻonadagi iqtidorli oʻquvchilari oʻz sheʼrlari va qilgan tarjimalaridan aytib berdi. Qisqa aytganda, mehmonlar yangi ovozlarni kashf qildi, ularga baho berdi, soʻz sehridan bahramand boʻldi. Bundan tashqari shoirning hajviy asarlarini sahnalashtirgan holda, sahna ko‘rinishi namoyish etishdi.
Qatnashchilar Piyodalar klubi faoliyatiga hissa qoʻshish uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasidan “Sehrli shaharcha” bogʻigacha piyoda yurib borishdi. Sogʻlom turmush tarzi targʻibotchilariga aylangan ijodkor ustozlar, yosh qalamkashlar va iqtidorli oʻquvchilar yozuvchilar uyushmasidan sehrli shaharchaga qadar piyoda borishdi.
Ayni paytda “Sehrli shaharcha” bogʻining yozgi amfiteatrida Erkin Vohidov sheʼrlari asosida yaratilgan qoʻshiqlardan iborat “Nazm va navo” kechasi boshlanish arafasida. Unda nafaqat ijodkorlar, balki keng jamoatchilik vakillari ham qatnashyapti. Sevimli sanʼatkorlarimiz tomonidan kuylanadigan qoʻshiqlar shoir ijodining muxlislari qalbiga yanada chuqurroq kirib borishiga ishonchimiz komil
Bir soʻz bilan aytganda, “Adabiyot – xalqning yuragi” shiori ostida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbirlar doirasida tashkil etilgan adabiy press tur va anjuman, xotira kechasi chinakamiga katta adabiyot bayramiga aylandi.