Bugun Gʻafur Gʻulom haqidagi hujjatli filmning premyerasi bo‘lib o‘tadi
Bugun soat 19:00 da Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalq shoiri Gʻafur Gʻulom hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Men o‘zbek shoiriman” hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur turkum hujjatli filmlar premyeralari Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yilda bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilmoqda.
“Men o‘zbek shoiriman” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” DUK tomonidan suratga olingan.
Kuni kecha Bobur va Abdulla Oripov hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etilgandi. Oldinda 29 sentyabrga qadar Ogahiy, Cho‘lpon, Zulfiya, Erkin Vohidov, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premyeralari bo‘lib o‘tadi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati