Bugun Maqsud Shayxzoda haqidagi hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi
Bugun soat 19:00 da Adiblar xiyobonida Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Ikki xalq dilbandi” hujjatli filmining premyerasi o‘tkaziladi. Mazkur turkum hujjatli filmlar premyeralari Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yilda bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilmoqda.
“Ikki xalq dilbandi” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “First art media” studiyasi tomonidan suratga olingan.
Kuni kecha Bobur, Abdulla Oripov, G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etilgandi. Oldinda 29-sentyabrga qadar Ogahiy, Cho‘lmon, Abdulla Qodiriy, Oybek va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premyeralari bo‘lib o‘tadi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati