“CENTRAL ASIA – 2023”: FAN, TA’LIM, MADANIYAT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI”
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2023”: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasi, “Kitob va mutolaa – jamiyat taraqqiyotining strategik resursi” mavzusida II forumiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
– Ushbu xalqaro konferensiya 1999-yildan buyon o‘tkazib kelinadi, bu galgi konferensiya doirasida 2-Hamdo‘stlik forumi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan", –deydi O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabayeva.
Konferensiyaning maqsadi – fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar faoliyatining hamjihatlikda ko‘p yillar samarali hamkorlikda faoliyatlarini kengaytirishdan, kutubxonalar ishining muammolari, ularning innovatsion rivojlanish yo‘llarini izlashdan iboratdir.
Bu kabi anjumanlar 23-may kuni Buxoroda ham o'tkazilishi va unda Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Armaniston, Turkiya, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Belorussiya, AQSh, Niderlandiya, Litvadan soha mutaxassislari onlayn va offlayn ishtirok etadilar.
Hasanboy HAKIMOV,
O‘zJOKU talabasi