Chinoz maktablarida
Chinoz maktablarida ham so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi…
Bugun, 25-may kuni tumandagi barcha umumta’lim muassasalarining bitiruvchi o‘quvchilari uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi. Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Chinoz tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufida 48 ta ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ulardan 45 tasi umumta’lim maktabi, 1 ta IDUM va 2 ta maxsus internat maktablaridir. Ularda jami 25529 nafar o‘quvchiga 1767 nafar pedagog-o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.
Joriy 2021-2022- o‘quv yilida jami 1616 nafar 11-sinf hamda 2122 nafar 9-sinf bitiruvchilari maktabni tamomlamoqda. 11-sinf bitiruvchilaridan 22 nafari oltin, 2 nafari kumush medal, 9-sinf bitiruvchilaridan esa 81 nafari a’lo darajadagi shahodatnomalarga egalik qiladi .
Tuman hamda viloyat miqyosidagi turli tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgan maktablardan biri 24-umumta’lim maktabi bo‘lib, bugun ushbu maktabning “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida tuman hokimi B.Alimbekov ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va bitiruvchilarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
Shuningdek, tumandagi barcha ta’lim muassasalariga tashrif buyurgan mas’ullar bitiruvchi sinf o‘quvchilariga Davlat rahbarining bayram tabrigini o‘qib eshittirdilar. “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri davomida namunali xulq va a’lo bahoga munosib o‘quvchilar hamda ularning ota-onalariga tuman hokimining “Minnatdorchilik xati”, tuman Xalq ta’limi bo‘limining tashakkurnomalari topshirildi.
Jo‘shqin Tursunov,
Chinoz tuman Xalq ta’limi bo‘limi xodimi