Darsliklar takomillashuvi
Darsliklar takomillashuvi nimalarga bog‘liq?
Ma’lumki, joriy o‘quv yilidan maktablarimizga yangi Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan zamonaviy darsliklar kirib bordi. Maktab darsliklarini 2026-yilgacha bosqichma-bosqich 1-sinfdan 11-sinfgacha Milliy o‘quv dasturi asosida yangilanishi ustida ish olib borilayotgan bir vaqtda har bir yaratilayotgan va amaliyotga kirib borayotgan darslik ustida turlicha qarashlar, bahs-munozaralar tug‘ilishi tabiiy.
Shu nuqtayi nazardan bugun darsliklarni takomillashtirish, kamchiliklar ustida kelishib ishlash masalalarini muhokama qilish maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida “Uzviylikni ta’minlash konsepsiyalari va uzluksiz ta’lim tizimi Milliy o‘quv dasturlari tajriba-sinoviga” bag‘ishlangan ilmiy-metodologik seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan vakillar va ko‘plab professorlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida “Uzviylik va uzluksizlik, uning adabiy ta’limdagi ahamiyati”, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” va “Hozirgi o‘zbek tili” fanlarini o‘qitish muammolari”, “Til ta’limida integrative yondashuv” kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.