Davlat tiliga ehtirom
Sergeli tumanidagi 264-umumta'lim maktabida "Davlat tiliga ehtirom" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
Unga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, bolalar yozuvchisi Shukrullo Abdullayev, FVV Matbuot xizmati boshlig'i o'rinbosari Samandar Hikmatullayevlar taklif etildilar.
Tadbirni maktab direktori G'ayrat Ashurov kirish so'zi bilan ochib, o'z sozida mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirishga oid islohotlar haqida to'xtalib o'tdi.
Shundan so'ng yozuvchi Shukrullo Abdullayev va jurnalist Samandar Hikmatullayevlar ona tili va uning ahamiyati xususida o'quvchilar bilan o'zaro muloqot tashkil etdilar.
Shuningdek, o'quvchilar tomonidan ijro etilgan she'r, kuy-qo'shiq va sahna ko'rinishlari barchaga manzur bo'ldi.
Nargiza Qurbonova