Endi Prezident maktablari ham xalqaro darajada tan olinadi
Endi Prezident maktablari ham xalqaro darajada tan olinadi
Joriy yilning 18-mart kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Xalqaro tashkilotlarga aʼzolik: mezonlar, talablar va istiqboldagi vazifalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida, jumladan:
1) PDQ (Professional Development Qualification) dasturi;
2) Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan Prezident maktablarining akkreditatsiyadan o‘tkazilayotganligi;
3) Prezident maktablarining CIS (Council of International Schools)
Xalqaro maktablar kengashiga aʼzo bo‘lish jarayoni haqida so‘z bordi. PDQ (Professional Development Qualification) dasturi hozirda Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi Cambridge Assessment International Education tashkiloti bilan hamkorlikda o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishga qaratilgan PDO (Professional Development Qualification) dasturi ustida ish olib bormoqda. Mazkur dasturning boshqa malaka oshirish dasturlaridan farqi shundaki, PDO‘ da nafaqat umumiy seminar-mashg‘ulotlar, balki har bir fan yo‘nalishida ixtisoslashtirilgan maxsus darslar ham bo‘ladi. Bu esa o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish bilan bir qatorda o‘z fani doirasida metodik ko‘mak olishiga yordam beradi.
PDQ dasturi pedagoglarga muntazam ravishda o‘z ustida ishlash imkoniyatini beradi, darslar gibrid shaklida tashkil etiladi. Bunda nafaqat o‘qituvchilar, balki butun maktab jamoasi bilan ishlashga, har bir taʼlim muassasasi uchun alohida strategiya ishlab chiqishga eʼtibor qaratiladi.