Eng faol foydalangan kutubxona
EBSCO ma’lumotlar bazasidan eng faol foydalangan kutubxonalarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2021-yil 11-noyabr kuni “E-line Press” kompaniyasi bilan hamkorlikda fan, ta’lim va biznesda Wiley, IEEE kabi jahon axborot resurslari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda axborot-kutubxona markazlari rahbar va mutaxassislari ishtirok etdilar.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarini rivojlantirish bo‘yicha samarali va amaliy hamkorlik qilish uchun kutubxonalar, ta’lim va ilmiy tashkilotlar faoliyatini faollashtirishdan iborat.
Ushbu tadbirda SIC INFRA-M kompaniyasi tijorat direktori Kondakova Oksana “EBS Znanium: контент и сервисы”, “MIKRO Information Handling and Distribution FZE savdoni qo'llab-quvvatlash bo'yicha menejer Jarassova Asel «IEEE Xplore electron kutubxonasi: Ilmiy, texnik va axborot resurslari», «МЕТЭК» agentligi electron resurslar bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Lipenskiy «Xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanini sifatli rivojlantirish uchun nufuzli va muhim manba sifatida ProQuest platformasi», «ИВИС» MChJ savdo va marketing bo'yicha direktori Ushanov Dmitriy «Ta'lim va tadqiqot ishlarida East View ma’lumotlar bazasi», Clarivate Analytics o'quv dasturlari bo'limi boshlig'i Bogorov Valentin Grigoryevich “Zamonaviy olim uchun Clarivate Analytics ma'lumot vositalari”, EBS "BiblioRossika" tijorat direktori (Sankt-Peterburg) Yurchenko Natalya «Rus va ingliz tillarida EBS "Bibliorossika" to'plamlari» mavzularida ma’ruzalar tinglandi.Shuningdek tadbir doirasida EBSCO ma’lumotlar bazasidan eng faol foydalangan kutubxonalarni taqdirlash marosimi o‘rkazildi.
Ulardan:
1- o‘rin Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi
2- o‘rin Toshkent tibbiyot akademiyasi axborot-resurs markazi
3- o‘rin Andijon tibbiyot institut axboro-resurs markazi egalladilar hamda qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlandilar.