“Eng ulug‘, eng aziz”da eng munosiblar taqdirlandi
Milliy matbuot markazida Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda ishtirokchilar 6 yo‘nalish bo‘yicha taqd irlandilar. 1-o‘rin sohiblariga 1-darajali diplom, zamonaviy noutbuk hamda plaketka, 2-o ‘ rin g ‘ oliblariga 2-darajali diplom, televizor, plaketka, 3-o ‘ rin sovrindorlariga 3-darajali diplom, planshet va plaketka topshirildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimiz viloyatlarida ham “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining hududiy bosqichlari yakuniga ko‘ra, hududlarda faoliyat olib boruvchi iqtidorli ijodkorlar ham munosib taqdirlanishdi.
O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarovning so‘zlariga ko‘ra, tanlovda yuzdan ortiq ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan salkam mingta ish hakamlar hay’ati va xalq tomonidan ko‘rib chiqib, baholangan. Tanlovning e’tirofga molik yutuqlaridan biri, unda talabalar ham o‘z ishlari bilan qatnashib, munosib o‘rinlarga loyiq topilgan.
Ma’lumot uchun eslatib o‘tamiz, ushbu ko‘rik-tanlov 1997-yilda Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etilib, 24 yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda.
Madinabonu ISMOILOVA,
O‘zDJTU talabasi