“Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovi g‘oliblari qutlandi!
“Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovi g‘oliblari qutlandi!
Bugun Milliy matbuot markazida Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy respublika ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy media assotsiyatsiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Badiiy akademiya hamda Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamkorligida o‘tkaziladi.
Taqdirlash marosimi ochilishid O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijod ahliga qaratilayotgan alohida e’tibor, tanlovning hududiy va respublika bosqichlari o‘tkazilish jarayoni, tanlov ishtirokchilari hamda ular taqdim etgan ijodiy ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Tanlovning respublika bosqichida 491 nafar ishtirokchilari o‘zining ikki mingga yaqin ijodiy ishi bilan qatnashgan. Jumladan, “Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari”, “Internet-jurnalistika”, “Jurnalistlar tomonidan nashr etilgan publitsistik mavzudagi kitoblar”, “Kino san’ati asarlari” yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy ishlar kelib tushgan. Tadbir doirasida tanlov g‘oliblari va sovrindorlariga maxsus diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovi "Jurnalistlar tomonidan nashr etilgan publitsistik mavzudagi kitoblar” nominatsiyasida 1-o‘rinni olgan “Ma’rifat” — “Uchitel Uzbekistana” gazetalari Bosh muharriri Husan Nishonovning “O‘zbek shaxmatining oltin avlodi” nomli kitobi e’tirof etildi.