FVV АKАDEMIYASI BITIRUVCHILАRIGА «DIPLOM» VА «LEYTENАNT» HАRBIY UNVONI TАNTАNАLI TOPSHIRILDI
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan maʼlumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar taʼlim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan eʼtibor darajasiga chambarchas bog‘liq.
Hozirgi kunda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyo y evning «Yoshlarimiz haqli ravishda vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi»,- degan so‘zlari yurtimiz yoshlariga nisbatan bildirilgan yuksak ishonch va eʼtiborning namunasidir.
Joriy yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasida bitiruvchi kursantlarga diplom va «leytenant» maxsus unvonini tantanali topshirish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchisi. general-leytenant Tursinxan Xudaybergenov, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari, masʼul xodimlari, Аkademiya professor-o‘qituvchilari va kursantlari hamda OАV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda general-leytenant Tursinxan Xudaybergenov hamda Аkademiya boshlig‘i general-polkovnik Qobul Berdiev so‘zga chiqib, o‘z nutqlarida O‘zbekiston Respublikasining «Taʼlim to‘g‘risida» va «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunlari yurtimizda oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlarni har tomonlama yetuk, masʼuliyat va burchini chuqur his qiladigan hamda o‘z kasbini sevib ardoqlaydigan, fidoyi insonlar qilib tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berayotganini alohida taʼkidladilar.
Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyo y ev rahnamoligida mamlakatimiz har tomonlama barqaror rivojlanib bormoqda, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilib, qabul qilinayotgan keng ko‘lamli dasturlar yagona va ulug‘ bir maqsadlarga qaratilayotganini eʼtirof etdilar.
So‘nggi yillarda oliy taʼlim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy taʼlimda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Ushbu islohotlar jarayonida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish sohasida kadrlar tayyorlash masalasiga qaratilayotgan eʼtiborni ham alohida qayd etish joiz. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni alohida ahamiyat kasb etib, bugungi kunda mustaqil vatanimiz hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, dunyo mamlakatlari orasida yurtimiz obro‘-eʼtiborining tobora yuksalib borishi, farzandlarimizning intellektual salohiyat egasi, o‘z kasbining mohir ustasi, hech kimdan kam bo‘lmagan avlod bo‘lib yetishishlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bitiruvchilarga diplom va harbiy «leytenat» unvoni generallar tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Ha, yosh ofitser uchun general qo‘lidan diplom va harbiy unvon olish katta ishonch va faxr-iftixor desak, xato bo‘lmaydi. Bu lahzalar ularning hayotida bir umrlik oltin sahifalar bo‘lib qoladi.
Tantana davomida so‘zga chiqqan bitiruvchilar va ularning ota-onalari, taklif etilgan mehmonlar o‘zlarining his-hayajonga to‘la tilaklarini izhor etib, yosh ofitserlarni samimiy muborakbod etishdi.
– Harbiy kiyim-boshi o‘zlariga yarashib turgan navqiron yosh farzandlarimizning muqaddas va sharafli burchlarini sidqidildan bajarib, jonajon Vatanimiz, yurtboshimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishlarida bildirilgan yuksak ishonchni oqlaydigan ofitserlar bo‘lishlariga ishonamiz, deydi — А kademiya boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Choriyor Xo‘janov.
Tadbir shodiyonasi А kademiya «Maʼnaviyat va maʼrifat» markazi boshlig‘i podpolkovnik Savriddin Najmiev ijrosidagi Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi. O‘z o‘rnida, yosh ofitserlarimizni bitiruv ayyomi bilan qizg‘in qutlab, ofitserlik diplomi va harbiy «leytenant» unvoni muborak bo‘lsin, deb qolamiz.
— Bugun biz, yosh ofitserlarning quvonchimiz cheksiz, — Bizni voyaga yetkazgan ota-onalarimizga, taʼlim-tarbiya bergan ustozlarimizga, barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan muhtaram Prezidentimizga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz — deydi bitiruvchi leytenant Islom Mirzaaxmedov. – А lbatta, xalqimizning tinch-osuda hayotini, sog‘ligini asrashdek baxtli kasb bo‘lmasa kerak, biz ana shunday qutqaruvchilikdek sharafli kasbni egallab, yetuk kadrlar bo‘lib yetishganimizdan va Ona Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shayotganligimizdan faxrlanamiz, davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan yaratib berilayotgan keng imkoniyat va qulay shart-sharoitlarga javoban, xizmat faoliyatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini taʼminlash yo‘lida bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etamiz, deb vaʼda beramiz.
— Bugun farzandim Islomjon ofitserlik unvonini olib, mustaqil hayotga yo‘l olayotganidan boshim ko‘kka yetdi, — deydi Mirzohid Mirzaaxmedov. O‘zim ham shu sohada mehnat qilayotganligim uchun bizning oilamizda ham ushbu kasbga xos bo‘lgan muhit shakllangan va shu ruhda voyaga yetgan.
Ishonamanki, farzandlarim jonajon Vatanimiz va xalqimiz xizmatida bo‘lib, ushbu oliy dargohda olgan nazariy bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llab, mustaqil yurt osoyishtaligini taʼminlashga bor kuch va shijoatlarini safarbar etadilar.
Farhodjon XOJAYEV ,
А kademiya katta o‘qituvchisi, kapitan.