Fan oyligi
Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 244-maktabda “Boshlang`ich ta`lim fan” oyligini yopilishiga bag`ishlangan festeval bo`lib o`tdi. Unda tumandagi boshlang`ich sinf ustoalari va ko`rik tanlov g`oliblari va tashrif etgan mehmonlar ishtirok etdilar.
Bizga ma`lumki, boshlang`ich ta`lim barcha fanlarning poydevori hisoblanadi. Shubhasiz boshlang`ich ta`lim haqiqiy fidoiy , jonkuyar va albatta jajji bolajonlar qalbiga yo`l topa olgan haqiqiy mohir pedagoglar faoliyat olib borishadi. Festevalda boshlang`ich ta`lim fan oyligi doirasida o`tkazilgan barcha ko`rik tanlovlar yuzasidan sarhisob qilindi.
Festevalga Toshkent shahar Xalq ta`limi bosh boshqarmasi Boshlang`ich ta`lim metodisti Dilfuza Toshmuhamedova, Yashnobod tumani Aniq fanlar metodisti Muqaddas Parpiyeva, o`z umrini yosh avlodni yetuk inson qilib tarbiyalashga bag`shida etgan nafaqadagi aziz ustozlar mehmon bo`lib qatnashdilar. Festeval davomida fan oyligida o`tkazilgan 2-sinflar o`rtasida “ Husnixat” , 4-sinflar o`rtasida “ Yosh magistr” , o`qituvchilar o`rtasida o`tkazilgan “ Eng yaxshi dars ishlanmasi” , “Eng yaxshi metod birlashma” ko`rik tanlov g`oliblari maqtov yorliqlari va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
Festevalni Yashnobod tumani XTB Boshlang`ich ta`lim metodisti Nargiza Usmonova hamda 244-maktabning fidoyi ustozlari Xurshida Nabiyeva va Umida Toshpo`latova tashkillashtirdilar. Festeval qatnashchilariga kelgusi ishlarida ulkan yutuqlar ,zafar va omad tilab qolamiz.