Farg‘ona shahar hokimi 700 oilaga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslarga oziq-ovqat xarajatlarini tarqatdi.
Farg‘ona shahar hokimi 700 oilaga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslarga oziq-ovqat xarajatlarini tarqatdi.
Farg‘ona shahar Bola huquqlarini himoya qilish shubasi rahbari Lola Qodirova uy olgan, shahar hududida yashovchi “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari ro‘yxatini tuzib Farg‘ona shahar hokimiga sessiyada taklif kiritgan. Hokim esa buni qo‘llab, shajar bo‘yicha Vasiylikga olingan yordamga muhtoj oilalar soni 680 dan oshiqligini aniqlab, ularga yordam berishga qaror qilgandi.
Bayram kuni ham dam olmasdan yetim bolalarning uylariga kirib ushbu ezgulikni ulashagan Farg‘ona shahar hokimligi bola huquqlarini himoya qilish shubasi bosh mutaxassisi Bonu Hakimovaning xizmatlarini ham alohuida ta’kidlab o‘tish kerak.
Ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan faol ishlashi ular ko‘targan masalaga befarq qaramaslik bugungi hukumatimizni asosiy qoidalaridan bir bo‘lib kelmoqda. Ko‘z tegmasin. Bolajonlarni va muhtoj oilalarni bayram kunidagi quvonchini his qilavering ...
P/s: Qani endi Marg‘ilon va Qo‘qon hokimiy ham shu joyiga yo‘talvorsa, sababi aynan shu ikki hududda “Mehribonlik uyi”ni tamomlab mustaqil hayot kechirayotgan yoshlarimiz ko‘p. Ulardagi bola huquqlarini himoya qilish bo‘limlari sobiq “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari bilan faol ishlab, muammosiga amaliy yordam berib kelsa nur ustiga a’lo nur bo'lardi. Vaholanki, rezident qarorida ushbu shular yetim bola huquqlarini 25 yoshgacha himoya qilishi aytilgan. Ahvol shu darajadak, hatto o'z shaharida nechta Mehribonlik uyini bitirib kelganlar yashashini ham bilmaydi.
Shermuhammad Dehqonov,
Huquqshunos bloger