“Fargʻona shahar hokimi sovrini” uchun fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi
“Fargʻona shahar hokimi sovrini” uchun fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi
Olimpiadaga shaxsan hokimning oʻzi tashrif buyurib ixtisoslashgan fanlarga eʼtibor qaratgani, albatta, quvonarlidir.
Fargʻona shahrida ilk bor hokimiyat eʼtibori darajasida, shahar hokimi sovrini uchun xorijiy tillar olimpiadasi boʻlib oʻtdi.
Bunda shahardagi barcha maktablar qamrab olinib, yakuniy bosqichda 96 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.
Olimpiadani shahar hokimining oʻrinbosari Yusufjon Yusupov ochib berdi .
“Maktablar yangi dunyolarni kashf etadi, bunga esa fidoyi ustozlarsiz erishib boʻlmaydi. Shahar tarixida birinchi bor boʻlayotgan ushbu olimpiada bundan keyin ham muntazam davom etadi. Tashrif buyurgan bilimga chanqoq ishtirokchilarga faqat omad tilab qolaman”, dedi Yusufjon Yusupov.
Olimpidaga shahar hokimi Vosiljon Nazarov sektor rahbarlari bilan tashrif buyurib, gʻolib ishtirokchilarni taqdirladi.
“Bundan 2 yil oldin 2020-yil 23-sentabr kuni Fargʻona shahri YUNESKOning “Global taʼlim shaharlari” tarmogʻiga qabul qilingani, albatta, taʼlim fidoyilarining yutugʻidir. Fargʻona bugungi kunda ushbu global tuzilmaga kiritilgan Markaziy Osiyodagi yagona shahardir. Shahrimiz oʻzining samarali oʻqitish tizimi bilan 230 ta davlat ichida turishi barcha uchun faxrli. Endi mana shu reytingni ushlab qolish, xorijiy tillarga, taʼlim tizimiga yetarlicha eʼtibor qaratish, bundan keyingi rejalarimizda ham bor. Muhimi oʻqitishning samarali siyosatini olib borishda”, deydi shahar hokimi.
Tadbir davomida ijodkor yoshlar madaniy dastur tayyorlab oʻz chiqishlari bilan qobilyatlarini namoyish qildi.
Olimpiadaning yakuniy natijalariga koʻra, 5-sinflar oʻrtasida birinchilikni 9-maktab oʻquvchisi Oyazimxon Imomxoʻjayeva hamda 40-IDUM oʻquvchisi Yan Andrey, 6-sinflar oʻrtasida esa 27-maktab oʻquvchisi Muhammadjon Normurodov va 40-IDUM oʻquvchisi Amirjon Rahimjonovlar qoʻlga kiritishdi.
Gʻolib va faol ishtirokchilarga shahar hokimi hamda sektor rahbarlaridan diplom va esdalik sovgʻalarini topshirdi. Birinchi oʻringa zamonaviy kompyuter, 2-oʻringa smart televizorlari 3-oʻringa planshetlar tuhfa etildi.
Undan tashqari fan oʻqituvchilariga ham shahar hokimligi tashakkurnomalari va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shermuhammad Dehqonov,
huquqshunos bloger