G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Global Atomic Quiz ta’lim loyihasi doirasida viktorina g‘oliblari aniqlandi – ular orasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar ham bor.
Xabaringiz bor 10-noyabr – Xalqaro bilimlar kuni munosabati bilan “Global Atomic Quiz” ta’lim loyihasi doirasida viktorina bo‘lib o‘tgandi. Rosatom va nihoyat “Global Atomic Quiz 2022” xalqaro loyihasining natijalarini sarhisob qildi.
Tanlovda eng ko‘p ball to‘plagan 100 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi. Rossiya, O‘zbekiston, Bangladesh, Vetnam, Vengriya, Belarus, Turkiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar g‘olib deb topildi. G‘oliblar ro‘yxati quiz.atomforyou.com saytida e’lon qilingan. Joriy yilda loyiha dunyoning 35 dan ortiq davlatidan 7 mingdan ortiq yadro ishqibozlarini onlayn tarzda birlashtirdi. O‘zbekistondan qatnashgan g‘oliblar soni — 12 nafar.
Har bir inson imkon qadar ko‘proq savollarga to‘g‘ri va tezkor javob berib, sovrinlar uchun kurash olib borishdi. To‘g‘ri javoblar soni va viktorinani bajarish tezligidan kelib chiqib, g‘oliblarning avtomatik reytingi tuzildi.Ular noyob sovg‘alar to‘plamiga ega bo‘lishdi: “NUCLEUS” original stol o‘yini, sun’iy intellekt muqovasiga ega yondaftarlar, “Atom kayfiyati” nomli noodatiy kalendar va qayta ishlangan plastmassadan tayyorlangan shopper-sumkachalari.
2022-yil loyihasi doirasida Armaniston, Bangladesh, Vetnam, O‘zbekiston va Qozog‘istonda birinchi marta maktab o‘quvchilari va talabalari uchun maxsus yuzma-yuz tadbirlar o‘tkazildi. Barcha ishtirokchilar nafaqat o‘z bilimlarini sinab ko‘rish, esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritish, balki ilmiy-ommabop viktorinaning barcha savollarini batafsil tahlil qilgan taklif etilgan mutaxassislardan yangi narsalarni o‘rganishga muvaffaq bo‘lishdi.