G‘alaba tilaymiz
G‘alaba tilaymiz
Oʻzingizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” PQ-5040-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida faoliyatini namunali yoʻlga qoʻygan umumtaʼlim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilarini ish tajribasini ommalashtirish hamda ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, hamda xalq taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda “Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha eng faol targʻibotchi” tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi. Tadbirda tuman hokimi, Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi raisi S.Avezov qatnashdi va gʻoliblarni tabriklab, diplom va estalik sovgʻalarini topshirdilar.
Birinchi oʻrinni 12-maktabning ijodiy –madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Zebo Yusupboyeva hamda 61-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Radjapbayeva Oydinoylar qoʻlga kiritdi va Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldi.