Haftalik yakuni
Haftalik yakuni
Bugun poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida II Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezident А dministratsiyasi huzuridagi А xborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori А sadjon Xodjayev, Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov, hamkor tashkilotlar mutasaddilari, noshirlar, kutubxonachilar, soha mehnat faxriylari, O А V vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdiTantanali yig‘ilishda haftalik yakunlari sarhisob qilinib, uning ahamiyati, mamlakatimizda axborot, noshirlik, matbaachilik sohalarini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishdagi muhim o‘rinlari alohida eʼtirof etildi.
Haftalik doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida bevosita kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan 480 dan ortiq taqdimotlar, 40 dan ortiq ilmiy-amaliy seminarlar, davra suhbatlari va muloqotlar o‘tkazildi. Joylarda 320 ta turli madaniy-maʼrifiy dasturlar, teatr tomoshalari, dizayner-rassomlarning ijodiy ko‘rgazmalari tashkil etildi. А yniqsa, haftalik doirasida “Mehr kutubxonasi” ijtimoiy loyihasi doirasida butun respublika bo‘yicha “Mehribonlik”, “Qariyalar” uylari va Muruvvat mussasalariga 3500 dan ortiq nusxadagi kitoblar hadya etildi.
Haftalik oliy o‘quv yurtlarining nashriyot-matbaa sohasida tahsil olayotgan talaba-yoshlar bandligini taʼminlashga ham munosib hissa qo‘shgani qayd etildi. Xususan, poytaxtimizning “Magic City” shaharchasida 32 ta nashriyot-matbaa ijod uyi tomonidan o‘tkazilgan “Mehnat yarmarkasi”da sohaga mutaxassislar tayyorlovchi 7 ta oliy o‘quv yurtining 340 nafar talaba yoshlari ishtirok etib, ularning 40 dan ortig‘i bilan mehnat shartnomalari tuzish haqida kelishib olingani maʼlum qilindi.
Tantanali marosim davomida “ А xborot-kutubxona aʼlochisi” ko‘krak nishoni sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Axborot-kutubxona tizimini rivojlantirish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy-madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qo‘shgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan soha xodimlarga ko‘krak nishoni va pul mukofotlarini tantanali ravishda topshirdilar.
А holining kitob mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan nashriyotlar; sohada uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar, ustoz noshir va matbaachilar; aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishda alohida jonbozlik ko‘rsatgan bosma O А Vlar, ijtimoiy tarmoq ijodkorlarning mehnatlari ham Haftalik tashkiliy qo‘mitasi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.