Har bir bola e’tiborda
Har bir bola e’tiborda
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Sergeli tumanidagi 33-alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda bayram tadbiri tashkil etildi. Unda 4-Madaniyat markazining Ozoda Qodirova rahbarligidagi “Karvon” xalq qo‘g‘irchoq teatri tomonidan kungilochar dasturi namoyish etildi.
Tadbirda tuman Gʻaznachilik bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Gulboyev ishtirok etib, o‘qituvchilarni bayram bilan qutladi. Shuni alohida e’tirof etish kerakki, Ulug‘bek Gulboyev mazkur maktab tadbirlarida muntazam ishtirok etib, imkoniyati cheklangan bolalarning o‘qitilish jarayoni, yaratilayotgan qulay sharoitlarga e’tibor qaratib keladi. Bolalarning ko‘nglini olib, sovg‘alar ulashib, ularda kelajakka ishonch ruhini oshirishga harakat qiladi. Bugungi tadbirda ham Ulug‘bek Gulboyev tomonidan ko‘rsatilgan e’tibordan o‘qituvchi va o‘quvchilar juda ham xursand bo‘lishdi.
O‘quvchilar quvnoq konsert dasturidan katta zavq olishdi. Tuman Gʻaznachilik bo‘limiga maktab ma’muriyati o‘z minnadorchiligini bildiradi.
Zilola MADATOVA,
Maktabning ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi