“Hayotning qadriga yet!”
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 16 - sentabrdagi 158-sonli majlis bayoniga muvofiq , yurtimizda 4-10 - oktabr kunlari “ Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat ” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “ Keksalar haftaligi ” o‘tkazilmoqda. Bugun Yunusobod tumanidagi 51-DIUMda haftalik doirasida “Hayotning qadriga yet!” mavzusida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Yunusobod tumani Nuroniylar kengashi raisi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Iqbolxon Ashrapova, “Mirzo Ulug‘bek” mahalla oqsoqoli Ravshan Yusupov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tumani bo‘linmasi bosh mutaxassisi Jasur Qobilov, yetakchi mutaxassis Xusan Xasanboyev, bir qator nuroniylar, Professor Sh. Akbarxadjayev, B. Agzamov, B. Nurmuhamedov, S.Kazakbayev hamda faollar ishtirok etishdi.
Uchrashuvni maktab direktori Nargiza Karimova ochib berdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar yurtimizda so‘nggi yillardagi ta’lim sohasidagi islohotlar, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda yoshlarning ilm-fandagi havas qilsa arzigulik natijalari haqida so‘z yuritishdi. Qolaversa, buyuk ajdodlarimizga munosib izdosh bo‘lish, ular qoldirgan boy ma’naviy merosni chuqur o‘rgangan holda ilm mash’ali bilan butun dunyoda chiqishlari lozimligini ta’kidlashdi.
Keksa nuroniylarimiz esa o‘z hayot tajribalarinibosib o‘tgan hayot yo‘llarida olgan xulosalari orqali o‘quvchi-yoshlarga nasihatlar berishdi.
Maktab yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tadbir mehmonlaridan atroflicha javob olishdi.