«Hokim kubogi»
Aholi o‘rtasida ommaviy sportni targ‘ib qilish, ayniqsa, yosh avlodni sportga oshno qilib, har tomonlama, komil, barkamol avlodni kamolga yetkazish oldimizda turgan asosiy vazifadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda turli madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shayhontohur tuman hokimligi bilan tuman Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamkorlikda sportning mini futbol turi bo‘yicha tuman tashkilotlari o‘rtasida "Hokim kubogi" sport musoboqasi tashkil etildi. Qizg‘in murosasiz kechgan uchrashuvlarda tumandagi tashkilot va korxonalar jamoasi vakillari ham ishtirok etishdi.
Ushbu tafakkur sinovlari intellektual o‘yinlari — "Vazir kubogi" Respublika turnirining tuman “Hokim kubogi” bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov tumanning 180 A- maktabida uyushtirilib, unda kimyo, biologiya, tarix, ona tili va adabiyot, matematika, informatika fanlaridan iqtidorli o‘quvchilar qatnashishdi. 6-nafar maktab o‘quvchilaridan iborat guruhlar shakllantirildi.
Tavlov yakunida 254-, 132-, 157-, 262-maktablar jamoalari faxrli o‘rinlar qo‘lga kiritishdi.
Ziyoda Tosheva, Shayhontohur tumani XTB tabiiy fanlar metodisti