Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimida davlat tilining qo‘llanilishi bo‘yicha o‘quv tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-iyuldagi ‘‘O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimida davlat tilining qo‘llanishini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’’gi F-5675 - sonli farmoyishi mazmun - mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida bugun Vobkent tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi va tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tumandagi ichki ishlar, qo‘riqlash hamda mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi xodimlariga o‘quv tashkil etildi.
O ‘ quv jarayonida tashkilotlarning turli targ ‘ ibot bannerlari , rasmiy blankalar lotin yozuviga asoslangan o ‘ zbek alifbosida bo ‘ lishini nazoratga olish lozimligi , shuningdek , imlo qoidalariga rioya qilish bo ‘ yicha bugungi kunda ko ‘ plab xatoliklarga yo ‘ l qo ‘ yilganligi to ‘ g ‘ risida aytib o ‘ tildi .
Yusuf NASULLAYEV,
Buxoro viloyati Vobkent tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi