ILMIY-NAZARIY ANJUMAN
Joriy yilning 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida “G‘ofur G‘ulom ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati “mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Jarayonda Bahrom Abduhalimov, Nizomiddin Mahmudov, Ibrohim G‘ofurov, Naim Karimov, Sirojiddin Sayyid kabi bir qator akademik, shoir va yozuvchilar ishtirok etdi. G‘afur G‘ulomning qizi Olmos G‘ulomova tashrif buyurgan mehmonlarga shoirning she’rlardan o‘qib, otasi bilan bo‘lgan Xorazm safari haqida so‘zlab berdi.
Anjuman davomida “Shum bola” asaridan parcha hamda G‘afur G‘ulom ijodidan kichik she’riy chiqishlar namoyish etildi. Bu kabi ajdodlarimiz merosini o‘rganish va ahamiyatini anglashga qaratilgan anjumanlar respublikamiz bo‘ylab tez-tez o‘tkazilib turilishi biz avlodlar onggida milliy ruhning yanada o‘sishi uchun xizmat qiladi.
Tadbir ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etildi.
Shohruhbek IBROHIMOV,
O‘zDJTU Media va kommunikatsiya fakulteti talabasi.