INSONGA NAF KELTIRISH — OLIY BAXT
11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan “11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni: Yangi O‘zbekistonning y angi kasaba uyushmalari faoliyatiga nazar” mavzu s ida brifing o‘tkazildi. Unda federa t siya vakillari, soha mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Brifingda kasaba uyushmalari federasiyasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Mahmadaliyev kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli va tizimli islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, mamlakatimizda davlat-kasaba uyushmalari va ish beruvchilar ijtimoiy sherikligida mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, mehnatni muhofaza qilish, ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar tahlil etildi.
Shohsanam Mahmudova,
“Ma’rifat” muxbiri
Asaka tumani 26-maktab BKUT raisi Abdurashid Ergashevning
Kasaba uyushma xodimlari kuniga yo‘llagan bayram tabrigi
INSONGA NAF KELTIRISH — OLIY BAXT
Inson ko‘nglini olish,
Qalbida mangu qolish,
Dilga iliqlik solish,
Biz uchun oliy baxtdir,
Ezgulik yuksak taxtdir.
Baodob yurish-turish,
Bemorni yo‘qlab turish,
Nochorni surishtirish,
Biz uchun saodatdir,
Eng savob ibodatdir.
Tadbirlarda biz boshmiz,
Gohi ko‘z, gohi qoshmiz,
Charchoq yo‘q, doim yoshmiz,
Shu bizga hidoyatdir,
Kasbga kafolatdir.
Hur Vatanning savlati,
El - u yurt shon-shavkati
Xalq boyligi, davlati,
Bizga ezgu niyatdir,
Bosgan har iz ibratdir.
Insonga naf keltirish,
Qadrini yuksak bilish,
Har ishda sergak turish,
Biz uchun oliy baxtdir,
Ko‘ngil mulkida taxtdir.