Ikki dahoga ehtirom
Milliy o‘zligimizni anglash, tarixiy va madaniy merosimizning chuqur ildizini o‘rganish ulug‘ siymolarimizning yosh avlodga meros qoldirgan asarlarida namoyon bo‘ladi. Ularning adabiy xazinasi tarixiyligi, badiiyligi, obrazliligi bilan kitobxonning qalbini chulg‘ab oladi.
Sergeli tumanidagi 352-maktabda ulug‘ mutafakkirlar Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan “Ikki buyuk siymo” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla nuroniylari, ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar qatnashdi. Ishtirokchilar buyuk adiblarning hayoti va ijodi, adabiyot va san’atga qo‘shgan hissasi haqida qimmatli ma’lumotga ega bo‘ldi.
Tadbirda o‘quvchilar sahna ko‘rinishlari, she’rxonlik va g‘azalxonlik kabi chiqishlar qilishdi. Kuyga solingan g‘azallar barchaning ko‘ngliga xush yoqdi.
Yakunda faol o‘quvchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Azim AXTAMOV