Ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Yangiliklar
24 / 11 / 2022
Ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Tojikiston Jurnalistlar Ittifoqi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash qo‘mitasi a’zolari bilan uchrashdi.
Suhbatda O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama rivojlanib borayotgani, turli darajalarda, shu jumladan axborot almashinuvi yo‘nalishida ham samarali muloqot va aloqalar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.