“Ilhom” mukofoti 2022-yilgi sovrindorlari aniqlandi
“ Ilhom ” mukofoti 2022 - yilgi sovrindorlari aniqlandi
Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida “Ilhom” mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 - yilning 20 - may kuni Adiblar xiyobonining ochilish marosimida ishtirok etib, bir qator vazifalarni belgilab bergan edi.
Ana shu topshiriqlardan biri – Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan yozuvchi-shoirlarning hayoti va ijodini o‘rganish, targ‘ibotini jonlantirish maqsadida “Ilhom” mukofotini joriy qilish bo‘yicha takliflari edi.
Mazkur topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tgan yilning o‘zida Vazirlar Mahkamasining “Ilhom” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarga berilishi belgilandi.
Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan tanlovning saralash bosqichi oliy ta’lim muassasalari doirasida o‘tkazildi. Ushbu saralash bosqichida barcha oliy ta’lim muassasalaridan o‘n mingdan ortiq talaba-yoshlar, murabbiylar ishtirok etdi.
Asosiy bosqich respublika miqyosida bo‘lib o‘tdi. “Ilhom” mukofoti tanlovining Respublika bosqichi uchun 53 ta oliy ta’lim muassasasidan 115 ta ijodiy ish qabul qilindi.
Shundan, 3 ta asosiy va 3 ta rag‘batlantiruvchi mukofot uchun g‘oliblar saralandi.
Tanlov g‘oliblari 1-o‘rin uchun – O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan “Spark” yengil avtotransport vositasi, maxsus diplom va statuetka;
2-o‘rin uchun – 30 mln. so‘m pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka;
3-o‘rin uchun – 15 mln. so‘m pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka bilan taqdirlandi. 6 nafar rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan amalga oshirildi.
Bayram tadbirida hukumat a’zolari, davlat va jamoat arboblari, shoir-yozuvchilar, oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
“ Ilhom ” mukofoti 2022 - yilgi sovrindorlari aniqlandi
Bugun “ Ilhom ” mukofoti respublika tanlovining 2022 - yilgi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, 3-o‘rinni Ayimbetova Zamira Maqsetbay qizi, Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti;
2-o‘rinni Muxtorova Xafiza Ixtiyor qizi, Jizzax davlat pedagogika instituti
3-bosqich talabasi;
1-o‘rinni Muhammadxonov Shuhratjon Muzaffarjon o‘g‘li, Jamoat xavfsizligi universiteti 421-guruh kursanti egalladi.