“Ilhom” mukofoti respublika tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
20-may kuni “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda shoir va yozuvchilar ijodini o‘rganish, asarlarni tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazishda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar taqdirlandi:
1-o‘rin — Malikov Akrom Abduhamidovich ( Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich magistranti ) — Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni matn, sharh, nasriy bayon, lug‘at” kitobi, Alisher Navoiy ijodi va asarlari tahlili yuzasidan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnal, konferensiyalarda 10 dan ortiq ilmiy maqolalari, Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga ilmiy-nazariy qarashlari aks etgan video chiqishlari “Yoshlar” telekanali, “Hilol-nashr”, “Kun.uz”, “Islom.uz”, “Azon.tv”, “Tarjumon media” ijtimoiy tarmoqlarida faol targ‘iboti, Alisher Navoiy “Xamsa”sini fenomenologik tadqiq etish muammolari (Hamd va munojot boblari misolida) ” mavzusidagi dissertasiya ishi uchun munosib deb topildi hamda “Spark” avtomobilini qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi — O‘.Ne’matova, Z.Qurbonbayeva, M.Muhammadova, D.Rahmonova, M.Toshtemerovadan iborat ijodiy jamoa va ularning Ogahiy she’rlarini hozirgi o‘zbek tilida sharhlash yo‘nalishi bo‘yicha yaratgan “Ogahiyning badiiy kashfiyotlari” tadqiqoti va O‘.Ne’matovaning “Orzular shahri” qissasi, Ogahiy lirik merosini arab, ingliz va rus tillariga o‘girish yo‘nalishi bo‘yicha yaratgan “Ogahiy ash’orlari arab tilida” tadqiqoti hamda M.Tursunaliyevaning “Hikmat va taqdir bitigi” ilmiy risolasi, O.Turdialiyevning o‘zbek mumtoz merosini yapon tiliga tarjima qilish yo‘nalishida yaratgan “Ogohnoma yapon tilida” tadqiqoti uchun munosib deb topildi.
3-o‘rin — Shermatov Qobiljon Otaqo‘zi o‘g‘li ( Farg‘ona davlat universiteti 3-bosqich talabasi) — “ Qishloqjonim ” nomli she’rlar to‘plami, “Balki mosh ham tush ko‘rar (2008)”, “Bir quloqli qo‘zichoq (ertak-qissa 2014)”, “ Hayrat buloqlari (2010)”, “ Vodiy guldastasi (2016)”, “ Turon zamin ziyo (2016)”, “ Hur nafaslar (2012) hamda “ Vatanni sevish (2019)” nomli she’rlari uchun munosib deb topildi.
3-o‘rin — Palimbetova Malika Janabayevna (Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stependiyasi sohibasi, xorijiy va mahalliy ilmiy jurnal, konferensiyalarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalari, «Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari» nomli iste’dodli yoshlarning ilmiy makolalar tanlovida « Eng yaxshi ilmiy makola » g‘olibasi bo‘lgani uchun munosib deb topildi.
Rag‘batlantiruvchi o‘rin — Otaboyev Akbar Inoyatovich ( Urganch davlat universiteti talabasi) o‘zbek adabiyoti namoyandalarining ilmiy-ijodiy merosi tadqiqiga oid 40 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar, Shahnoza Aqmanova bilan hammualliflikda “Ontolingvistika” nomli uslubiy qo‘llanmasi, f.f.n. Ravshan Xudoyberganov bilan hammualliflikda “O‘zbek tili antroponimlarini o‘qitishning nazariy va amaliy asoslari” nomli ilmiy-uslubiy qo‘llanmasi, “Sog‘inch satrlari” she’riy to‘plami, Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi bo‘lgani uchun munosib deb topildi.
Rag‘batlantiruvchi o‘rin — Qahharova Madina Muzaffarovna (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi) Muqimiy merosi.uz platformasi va mobil ilovasi ni ishlab chiqqani, “Qvant” mukofoti sovrindori bo‘lgani uchun munosib deb topildi.
Rag‘batlantiruvchi o‘rin — O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati doir “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda Bobur haqida “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” nomli badiiy film va “Yo‘llar izidan” nomli hujjatli filmlar, 15 marotaba “Bobur asarlari bilimdoni” ko‘rik tanlovi, “Bobur avlodlari” nomli drama to‘garagi, “Yosh boburshunoslar” kursant shoirlar to‘garagi tashkil etgani uchun munosib deb topildi.
Rag‘batlantiruvchi o‘rin — Nizomov Farxod Muso o‘g‘li (Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi) “She’riy san’atlar tahlili” , “Xalq dostonlarini o‘rganish yuzasidan metodik qo‘llanma” , “O‘zbek adabiyoti”dan mustaqil ishlarni tashkil etish”, “Adabiyot darslarida savol-topshiriqlar ustida ishlash” kabi uslubiy metodik qo‘llanmalar muallifi bo‘lgani uchun munosib deb topildi.
Rag‘batlantiruvchi o‘rin — Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Nihol” talabalar teatr studiyasi jamoasi N.Shodmonovning “Nuh kemasi” asari asosida sahnalashtirilgan spektakli, Abdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” asarini sahnalashtirgani, Oliy ta’lim muassasalari talabalar teatr studiyalari festivalining final bosqichi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgani uchun munosib deb topildi.
Rag‘batlantiruvchi o‘rin — Jamalova Xonzodaxon Shaxabiddin qizi ( O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi)— Sportning karate turi bo‘yicha qora belbog‘ sohibasi, “Baxt tongi” nomli kitobi, “Respublika lider qizlar” festivalining raisi sifatida faoliyati uchun munosib deb topildi.