Insholar tanlovi oʻtkazildi
Joriy oʻquv yilining ikkinchi chorak birinchi oʻqish kuni barcha umumtaʼlim maktablarida “Oʻzbekiston — yashil makon” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 207-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 7-11 sinf oʻquvchilari oʻrtasida insholar tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlov natijalariga koʻra, 1-oʻrin 9 “A”-sinf oʻquvchisi Shahzoda Hakimovaga nasib etdi. 9 “A”-sinf oʻquvchisi Charos Agzamova hamda 10 “B”-sinf oʻquvchisi Madina Shuhratovalar 2-oʻringa loyiq koʻrildi. 3-oʻringa esa 7 “A”-sinf oʻquvchisi Adiba Quvondiqova va 10 “A”-sinf oʻquvchisi Muxlisa Tohirovalar sazovor boʻlishdi.
Aytish joizki, mazkur tanlov Xalq taʼlimi vazirligining “2021-yilning noyabr oyi davomida umumtaʼlim muassasalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar” rejasiga binoan barcha umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilmoqda.