“Insonni qadrlash — milliy qadriyat”
“Insonni qadrlash — milliy qadriyat”
24-umumta’lim maktabida Buyuk g‘alabaning 77 yilligiga bag‘ishlangan ochiq darslar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari “Insonni qadrlash — milliy qadriyat” mavzusida ko‘rgazmali, shuningdek sayohat darslarini tashkillashtirishdi.
O‘quvchilar mahallamizda qad rostlagan Amir Temur va “Motamsaro ona” haykaliga gullar qo‘yishdi, she’rlar aytishdi . Ustozlar Vatanga muhabbat, sadoqat, jasurlik fazilatlari tushunchalarini darslari orqali o‘quvchilarga yetkaza olishdi. Ayniqsa, G.Ziyotova, F.Turkmanova va D.Mustafaqulovalarning darslari tahsinga loyiq deb topildi.
Gulsum Isroilova,
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi