“Jonli klassika” xalqaro tanlovida O‘zbekistonlik o‘qituvchi g‘olib bo‘ldi
“ Jonli klassika” xalqaro tanlovida O‘zbekistonlik o‘qituvchi g‘olib bo‘ldi
Bir necha yillardan buyon Rossiyaning “Jonli klassika” jamg‘armasi tashkilotchilari yosh kitobxonlar uchun xalqaro tanlov o‘tkazib kelada. Bu yil esa tanlov tashkilotchilari o‘qituvchi va pedagoglar o‘rtasida xalqaro kitobxonlar onlayn tanlovini o‘tkazdi. Unda dunyoning 15 ta mamlakatidan 2500 ortiq o ‘ qituvchi ishtirok etdi .
Tanlovda men ham ishtirok etib, 10 nafar g‘oliblar safidan o‘rin oldim.
Xalqaro qiroat tanlovida rus tilida nasriy asarlardan ovoz chiqarib parchalar o‘qildi. Har bir ishtirokchining o‘qish vaqti 3 daqiqa qilib belgilab berildi. Ijro paytida musiqadan foydalanish huquqi berildi.
G ‘ oliblar M . Sholoxovning “ Inson taqdiri ”, Ch . Aytmatovning “ Momo yer ” va Asya Voloshinaning “ Anna Frank ”, Stepan Pisaxovning “ Modnitsa ” va Saltikov - Shchedrinning “ Yovvoyi yer egasi ”, Bulgakovning “ Usta va Margarita ” asarlaridan matnlar o ‘ qidilar .
Men “Jonli klassika” tanlovining barcha tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman! Tanlovning barcha bosqichida iliq muhit hukmronlik qildi.
Tanlovning barcha g‘oliblari kuzda “Jonli klassika” xalqaro gumanitar pedagogik forumida qatnashish uchun Sankt-Peterburgga sayohat qilishadi. U yerda ishtirokchilarni qiziqarli o‘quv dasturlari va teatr sahnasida qatnashish imkoniyati kutmoqda.
Endi Sankt-Peterburgda tashkilotchilar va g‘oliblar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapman.
Bundan tashqari, tanlov g‘oliblariga “Jonli klassika” fondi va tanlov hamkorlaridan kitoblar jamlanmasi va sertifikatlar taqdim etildi.
Baxtiyor URINOV,
Dehqonobod tumanidagi 100-maktabning
rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi