KITOB TAQDIMOTI UCH AVLOD UCHRASHUVIGA ULANIB KETDI
Kitob — hayot hikmatlarini o‘rgatuvchi javohirlar sandig‘i. U kishida ota-onaga mehr, el-yurtga yaqinlik, Vatanga muhabbatni ong-u shuurga singdiradi. Kitobga oshno, adabiyotda o‘z o‘rniga ega, tabiati so‘lim Gʻova qishlog‘ida tug‘ilib, ijod qilib kelayotgan, asarlari xorij matbuotlarida nashr qilingan Ma’mura Zohidovaning “Manglaydagi yoziq” nomli kitob taqdimoti uch avlod uchrashuviga ulanib ketdi.
Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirish, buyuk allomalarimiz ilmiy asarlarini tadqiq etish hamda uni keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni bunday nodir asarlardan bahramand etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Chust tumani Gʻova qishlog‘i Madaniyat markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni sohibi, yozuvchi Ma’mura Zohidova bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Ma’mura Zohidovaning maktabdagi ustozlari, Viloyat Yozuvchilar uyushmasidan mehmonlar hamda RMMM viloyat bo‘limi rahbari M. Appoqov, tuman bo‘linmasi rahbari Saida Nasimxonova ishtirok etdi. 12-sonli umumta’lim maktabining yosh ijodkorlari, uning shogirdlari tomonidan ijodkorning qalamiga mansub she’rlaridan parchalar o‘qishdi va asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etdilar.
Ma’mura Zohidova yosh avlod tarbiyasi, badiiy adabiyotini tilimizning o‘rganilishi masalalariga bag‘ishlangan 50 dan ortiq tanqidiy maqolalarni e’lon qilgan. “Bobur lirikasida estetik tarbiya masalalari talqini”, “Lotin alifbosidan kimlar qo‘rqadi?..”, “Darslikdagi xatolar”, “Darsliklar mukammal bo‘ladimi?”, “Boychechak – bahor qo‘shig‘i emas”, “Imlo lug‘atining o‘zida xato bo‘lsa...”, “O‘quv markazining maqsadi: ko‘proq abituriyent kelsin”, “Harbiy atamalar qaysi tillardan o‘zlashgan”, “Til millatning ruhi bo‘lsa...”, “Tilimizning jilosini avvalo tilshunoslar ko‘rsatishsin”, “Mening tig‘ tilgan tilim...”, “Adabiyot ko‘chirmachilikni kechirmaydi”, “Iste’dodsiz bola yo‘q” kabi maqolalari respublika nashrlarida chop etilib, ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan. Ma’mura Zohidovaning “Hikoyalar” (2000), “Aytilmay qolgan gaplar” (2013), “Najot kuyi” (2017), “Buloqlimozor siri” (2018) kabi she’riy va nasriy to‘plamlari nashr etilgan. 2018-yilda chop etilgan “Nur yog‘ilgan yurt odamlari” nomli yirik formatdagi kitob-albomga turli bayozlarga she’rlaridan namunalar kiritilgan.
Ma’mura Zohidova — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. O‘quv va metodika, harbiy vatanparvarlik sohasidagi xizmatlari uchun Respublika Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. O‘zbek nasrida uning oddiy uy hayvoni – zabonsiz it tilidan yozilgan “Sarhadsiz sadoqat”, tilimiz og‘riqlari, bolalar tarbiyasi va ta’limidagi ko‘rinmas foj e alarimizga bag‘ishlangan “Boychechak” qissalari alohida e’tirof qilingan. Pedagogik salohiyati va tajribasi bilan ona tili va adabiyot darsliklarini mukammallashtirishda faol ishtirok etgani uchun Respublika ta’lim markazi Ilmiy-metodik Kengashi a’zosi sifatida o‘z takliflari bilan Kengash ishida ishtirok etib boradi. Ayni vaqtda badiiy ijod bilan birga Chustiy ijodining badiiy xususiyatlari hamda xalq og‘zaki ijodi bo‘yicha mustaqil ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Mazkur tadbirda chustlik ijodkorlar Husaynxon Orifiy , Mansur In ’ om , Abdulvosi Ubaydullayev , Nurilloh Zayniddinov , Qayumjon Hakimov , G ʻ affor Rasul va bir guruh ijod ahli , Chust adabiy muhiti vakillari , hududdagi nuroniylar , maktablarning Ijodiy - madaniy masalalar bo ‘ yicha targ ‘ ibotchilari , iqtidorli yoshlar , M . Zohidovaning ustozlari M . Usmonova , Q . Usuvaliyev , S . Kamolova hamda qishloqdoshlari , ishtirok etdi . Tadbir yakunida yozuvchi shu jumalalarni aytib o‘tdi — Haqiqiy ilmga ma’naviyat orqali erishiladi, — Kitobga bo‘lgan muhabbat — bu, eng avvalo, vatanga, oilaga bo‘lgan muhabbatdir. Bugun olimlarimiz, shoir-u yozuvchilarimiz qatorida yosh, izlanuvchan tadqiqotchilarimiz ham o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Ularni ilm-ziyo, ma’naviyat targ‘ibotchilari desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. — dedi o‘z so‘zida Ma’mura Zoxidova
Otabek QOBILOV,
Chust tumani Tinchlik mahallasi yoshlar yetakchisi