Kasaba uyushmalari kuni keng nishonlandi
Nurota tuman ta’lim va fan xodimlari Kasaba uyushma bo‘linmasi kengashi tomonidan 9-noyabr kuni Kasaba uyushmalari kuni bayram sifatida barcha ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan, ishlab turib nafaqada bo‘lgan xodimlar hamda yosh avlod vakillari davrasida nishonlandi. Nurota tumanidagi 42-umumta’lim maktabida bayram oldi semenar tashkil etilib, seminarda hamkor tashkilotlar va boshlang‘ich kasaba uyushmalari raislari ishtirok etishdi.
Mustaqillik bergan shurrur “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni” muhtaram Prezidentimiz tomonidan Respublika kasaba uyushmalari Federasiyasining 8-Qurultoyida, shu sana tarix zarvaraklariga muhrlanib har yilning 11-noyabri Kasaba uyushmalari kuni etib belgilandi.2020 yil 23 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-648-sonli “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida” gi qonun qabul qilinganligi ham yurtimizda bu sohaga qaratilgan yuksak ehtirom natijasidir. Nurota tumanida o‘tkazilgan semenarda aynan shu sohada yillar davomida erishgan yutuqlar sarhisob qilinib, yil davomida ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi o‘tkazilgan tadbir, uchrashuv ,turli sport o‘yinlari g‘oliblarini taqdirlash, ayniqsa keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar, shuningdek ta’lim-tarbiya tizimida yuqori natijallarni qo‘lga kiritgan ustoz-muallim va maktabgacha taьlim-tarbiya sohasidagi tarbiyachi-murabbiylarning sog‘lig‘ini tiklash borasida 100 nafar xodimga sihatgohlarga berilgan yo‘llanmalar-sohada faoliyat olib borayotgan har bir xodim eьtiborda ekanligining yaqqol na’munasidir.
Shu kuni seminarda ishtirok etganlar uchun ham bayram dasturxoni yozilib faxriy BKU raislari nafaqada bo‘lgan sobiq raislar rag‘batlantirilib,5 ta BKU raislari Xorazm tarixiy obidalariga sayohatga yuborilganligi, ayni paytda sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmaganligi sababli 4-nafar BKU raislarining xolidan xabar olindi.77 ta BKU raislari va rayosat aьzolari bayram munosabati bilan taqdirlandilar. Eng yaxshi ishlagan soha xodimlaridan 20 nafariga bir MOM miqdorigacha rag‘batlantirilib, 10 nafar soha xodimlariga bayram sovg‘alari tarqatildi. Bayram munosaati bilan tuman miqyosida o‘tkazilgan “Bobo va nabira” o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab “Shaxmat” sport turi bo‘yicha musoboqa o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlandilar.
Zero obod va ozod yurtga bayramlar yarashadi. Yana bir bor soha hodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlab, ijtimoiy soha rivojiga qo‘shayotgan hissalari yanada barqaror bo‘lishini istaymiz.
Q. Raxmonov,
Nurota tuman Tuman kasaba uyushma raisi