Kelajagi buyuk— “Kitobsevar millat”
Kelajagi buyuk— “Kitobsevar millat”
Bugun “Kitobsevar millat” shiori ostida yoshlarni kitobga oshno qilish borasida o‘tkazilayotgan tadbirga start berildi. Shunga ko‘ra 2022-yilning 18–23-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat markazlari va Toshkent shahrida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Xalq ta’limi vazirligi, Ma’daniyat vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston noshirlar va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsatsiyasi bilan hamkorlikdsa “Kitobsevar millat” shiori ostida II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan ushbu tadbirda taniqli shoirlar, yozuvchilar, jurnalistlar nutq so‘zlashdi. Bugungi kitobxonlar saviyasi, yoshlarni kitobga jalb qilishga qaratilgan metodlari haqida so‘z yuritishdi. Kutubxona qoshida esa kitoblar ko‘rgazmasini tomosha qilishingiz mumkin.
Bundan tashqari “Mehr kutubxonasi”, “Mehnat yarmarkasi” ham o‘z ishini yo‘lga qo‘ydi.