“Kitobxonlik haftaligi-2022” doirasida xitoy tili va madaniyati festivali
SHAPE
\* MERGEFORMAT
“Kitobxonlik haftaligi-2022” doirasida xitoy tili va madaniyati festivali
2022-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi va Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti bilan birgalikda “Kitobxonlik haftaligi-2022” doirasida xitoy tili va madaniyati festivalini Milliy kutubxonaning zalida o‘tkazdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash hamda 2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash Milliy dasturini amalga tadbiq etish maqsadida tashkil etildi. Unda vazirlik va idoralar vakillari, xitoy tili va madaniyati ixlosmandlari va bilimdonlari ishtirok etishdi.
Festival davomida O‘zbekiston milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari Nasiba Xoldorova, O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining O‘zbekiston tomonidan direktori Saodat Nosirova, Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining Xitoy tomonidan direktori, professor Yan Shixular shu kabi tadbirlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni, adabiyot va ayniqsa kitobxonlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi, yaqin qo‘shnichilik va do‘stlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdilar.
“Bugungi kunda o‘zbek-xitoy hamkorligi eng samarali va mazmunli davrni boshdan kechirmoqda. So‘nggi bir necha yil ichida erishilgan muvaffaqiyatli hamkorlik darajasi O‘zbekiston va Xitoy xalqlarining manfaatlariga to‘liq javob beradi, -deya e’tirof etdi Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining O‘zbekiston tomonidan direktori Saodat Nosirova.
Festival doirasida xitoy san’ati, madaniyati, xattotlik san’ati reproduksiyalari ko‘rgazmasi, shuningdek, qog‘oz kesish san’ati, an’anaviy choy marosimlari, tayzi-yuan’(xitoycha badantarbiya turi) hamda kuy va r