Konstitusiya — farovon hayot poydevori
Konstitusiya – davlatning asosiy hujjati bo‘lib, davlat boshqaruvi, hukumat organlari faoliyatining tartibi va tamoyillari, davlat, jamiyat, fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari u bilan belgilanadi.
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.
Sana munosabati bilan Yunusobod tumanidagi 51-DIUMda "Konstitutsiya — baxtimiz qomusi" deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Milliy gvardiya orkestri va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi harbiy xodimlari mehmon bo‘lishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlari daxlsizligini ta’minlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash, Asosiy qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etishda barcha soha vakillari hamqadam bo‘lish lozimligi xususida so‘z yuritdi.
Harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan mustaqil O ‘ zbekistonimizni madh etuvchi kuy va qo ‘ shiqlar o‘quvchi-yoshlarda unutilmas taassurot qoldirdi .
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yosh larga esdalik sovg‘alari topshirildi.