“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”
Yangiliklar
8 / 12 / 2021
Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 153-sonli umumtaʼlim maktabida ham Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo ishtirok etib, Konstitutsiyaning har bir inson hayotida tutgan muhim oʻrni xususida soʻz yuritdi.
Tadbirda yoshlar Konstitutsiyamizga oid bilimlari bilan oʻrtoqlashdilar. Oʻquvchilar tomonidan namoyish etilgan bayram dasturi barchaga manzur boʻldi.