Korrupsiya — rivojlanishimizga to‘siq!
Korrupsiya — rivojlanishimizga to‘siq!
Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.
Ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun mas’ul bo‘lgan alohida organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Raqamli texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalangan holda transport vositalariga davlat raqam belgilarini berish, notariat va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatish, yer uchastkalarini ajratish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish kabi ko‘plab sohalarda korrupsiya va suiiste’molchiliklarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvar kunida qabul qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 06 iyuldagi «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e’tiborini oshirishga qaratilganligi shu bilan bir qatorda Farmon bilan 2021−2022 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilingan.
Ushbu dastur doirasida bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. 9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida yurtimizda bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bu borada Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham
«Korrupsiya − rivojlanishimizga to‘siq» shiori ostida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan joriy yilning 02 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida «Korrupsiya − rivojlanishimizga to‘siq» mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasi Otabek Jumayev , O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Rasulbek Kusherbayev , O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Akmal Yunusov , Akademiyaning professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Ushbu davra suhbatini o‘tkazishdan maqsad – davlat organlari va tashkilotlarning mas’ul xodimlari tomonidan ishga qabul qilinganidan so‘ng hamda muayyan vaqt o‘tganidan so‘ng, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus kurslarini kiritish, barcha ta’lim muassasalari, yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini shakllantiradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ijtimoiy tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida respublika miqyosida tanlovlar va musobaqalar o‘tkazishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishdan iborat.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan ta’kidlanganidek, bugungi kunda korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi, davlatning iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qolaversa jamiyatdagi ma’naviy muhitni buzilishiga olib keladi. Korrupsiya – bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini ko‘zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig‘indisi ekanligi, a yni damda korrupsiyaga qarshi kurashish barcha davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda moliyaviy muassasalarda ustuvor vazifaga aylangan ligi borasidagi keng fikr-mulohazalarini bildirdilar .
Tadbir yakunida ishtirokchilarga Akademiya kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan « Korrupsiyani birgalikda yengamiz » mavzusida tanlovda faol ishtirok etgan kursantlarni taklif etilgan mehmonlar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, Akademiyaning 5-bosqich kursanti Ulug‘bek Xusanovning ijodi mahsulidan bo‘lgan « Korrupsiyani birgalikda yengamiz » nomli she’rni namoyish etilgani barcha ishtirokchilarda iliq taassurotlar qoldirdi.
— Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi deydi — podpolkovnik Savriddin Najmiyev — mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha b ugun davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Farhodjon XOJAYEV,
O‘zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Akademiyasi katta o‘qituvchisi,