MAKTAB VA OTA-ONALAR HAMKORLIGI
Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 170-maktabda ilm maskanining 5-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda “Maktab va ota-ona: ikki tomonlama hamkorik” mavzusida ta'lim muassasasi mutasaddilari va ota-onalar vakillarining fikrlari tinglandi. O‘zaro fikr almashuvlardan so‘ng ota-onalar o‘zaro hamkorlikda ishlash, maktab faoliyatida faol qatnashish, farzandlarining o‘qish va jamoat ishlaridagi ishtiroki, xulq-atvori, mashg‘ulotlarga munosabatini muntazam kuzatib borish lozimligi borasida bir to‘xtamga kelishdi.
Shundan so‘ng, ota-onalar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida maktabda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar, farzandlarining ilm maskanidagi fan, hunar va sport to‘garaklaridagi faoliyatini kuzatdilar. O‘quvchilar tomonidan 5 muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmani katta qiziqish bilan tomosha qildilar.
Tadbir tashkilotchisi, maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari N.Nishanbaeva uchrashuvga tashrif buyurgan barcha ota-onalarga maktab ma'muriyati tomonidan minnatdorlik bildirdi.
Munisa SHOKIROVA,
maktab xotin-qizlar kengashi raisi