"Mag'ribda va Mashriqda mashhur shavkatli Navoiy"
То shkent viloyati Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan Oqqo'rgon tuman 2 - son kasb-hunar maktabida proffesional ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan o'quvchi yoshlarning badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan " Mag'ribda va Mashriqda mashhur shavkatli Navoiy" deb nomlangan ma'naviy - ma'rifiy tadbir Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti hamda “Ma’rifat” gazetasi bilan hamkorlikda bo'lib o'tdi.
Tadbirda Toshkent viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig'i U.Q.To'xtayev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti filologiya fanlari nomzodi, dotsent T.M.Tog'ayev, Respublika " Ma'rifat" gazetasining bosh muharriri H. Nishonov, Oqqo'rg'on tumani hokimining Davlat tili bo'yicha maslahatchisi O.Mamayusupov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi M. Xalikova, tuman mahalla hayriya jamoat fondi mutaxassisi M.Oqqulovalar О qqo'rg'on tumanidagi hamkor tashkilotlar vakillari hamda proffesional ta'lim muassasalari direktorning yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosarlari ishtirok etdilar.
Tadbirda so'zga chiqqanlar g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning bebaho ijodiy - ilmiy me'rosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida , milliy madaniyatimiz va adabiy - estetik tafakkurimiz rivojida alohida o'rin egallaganligi, A.Navoiyning boy va serqirra ijodiy me'rosini har tomonlama chuqur o'rganish, uning o'lmas asarlarini yosh avlodga yetkazish va keng targ'ib etish borasida o'z fikr - mulohazalarini bildirishdi.
O ' qituvchi va o ' quvchilar ijrosida shoirning qalamiga mansub bo ' lgan g ' azal va ruboiylaridan yod olinib , asarlaridan sahna ko ' rinishlari namoyish etildi .
Toshkent viloyati kasbiy ta ' limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi va Oqqo ' rg ' on tuman hokimligi tomonidan фаол ishtirok etganlarga badiiy kitoblar , faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar taqdim etildi .
Tadbir ishtirokchilari o'zaro tajriba almashdilar va kelgusida oliy ta'lim muassasalari hamda Respublika "Ma'rifat" gazetasi билан hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirishни rejalashtirib oldilar.
U.I.Xudaynazarova,
Oqqo'rgon tuman 2 - son kasb-hunar
maktabi direktori