Maktabda tadbir
Yangiliklar
7 / 03 / 2022
Toshkent viloyati Nurafshon shahar 4-IDUMda “PIRLS Xalqaro dasturi hamda Milliy o‘quv dasturi Nurafshon maktablarida” mavzusidagi seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda xalq ta’limi bo‘limi mutaxassislari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, shuningdek, Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida dars tahlillari, yangi pedtexnologiyalardan foydalanish bo‘yicha treninglar tashkil etildi.
Seminar so‘ngida faol o‘qituvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.