Manaviyat festivali davom etadi!
Mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Ozbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida “Manaviyat festivali” 21—23-iyun kunlari Sirdaryo viloyatida otkazilmoqda. 21-iyun kuni Mirzaobod tumani Yangi Ozbekiston mahallasida “Qadriyatlar uluglangan yurt” konsert dasturi bolib otdi. Dastur “Yangi Ozbekiston bu!” roligining namoyishi bilan boshlandi. Tadbirni ochib berish uchun Respublika Manaviyat va marifat markazi rahbari, senator Minxojiddin Xojimatov sahnaga taklif etildi.
M.Xojimatov bugun yurtimizdagi ulkan bunyodkorlik, yangilanishlarning inson aqli shoshiradigan darajada ne choglik shiddat bilan amalga oshirilayotgani xususida alohida toxtalar ekan, birgina Yangi Ozbekiston mahallasida ham buning yaqqol ifodasini korish mumkinligini takidladi.
Konsert davomida sozga chiqqanlar Sirdaryo viloyatida turli millat vakillari istiqomat qilishini, ular hamjihatlikda hayot kechirishayotganini aytib, “Manaviyat festivali”da bunga etibor qaratilgani va shunga monand loyihalar amalga oshirilishidan mamnunligini bildirdi. Shuningdek, “Manaviyat festivali” yildan-yilga yangicha korinish, yangicha mazmun kasb etayotgani hamda har bir hududga moslab amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan boyib borayotganini takidlashdi.
Tadbir avvalida “Mening farzandim Ozbekiston faxri!” shiori ostida otkazilgan Respublika anjumanida ishtirok etgan, mamlakatimizda turli sohalarda katta yutuqlarga erishgan, xalqaro fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yuqori orinlarni egallagan, tashabbuskor yoshlar hamda ularning onalari tashakkurnoma va sovgalar bilan taqdirlandi.
Ozbekiston xalq artisti Munojat Yolchiyeva ijrosidagi “Tanovor”, “Mustahzod” kabi sof milliy ashulalar konsert dasturining tom manoda gultoji boldi. Tadbirning badiiy qismida Ozbekiston Xalq artisti Gavharxonim Zokirovaning chiqishlari hamda el sevgan shoirlar Nuriddin Aminjonov va Bobur Bobomurodlarning gozal sherlari kechaga ozgacha fayz-u tarovat baxsh etdi.
Poytaxtdan tashrif buyurgan yosh sanatkorlar Xislatjon Komilov va Aqlbek Piyazov ijrosidagi opera namunalari, baxshilar Gulmurod Dilmurodov, Otabek Tangriberganovlar ijrosidagi ozbek xalq dostonlaridan termalar, yosh estrada xonandasi Hojiakbar Rozmetov ijrosidagi qoshiqlar barchaga manzur boldi. “Manaviyat festivali” hali yurtimiz boylab davom etadi!
Dilafro‘z ABDURAJABOVA