“Maqsadimiz ularni yangi gʻalabalar sari ragʻbatlantirish”
“ Maqsadimiz ularni yangi gʻalabalar sari ragʻbatlantirish ”
Kuni kecha “ Artel ” kompaniyasi Shourumida shaxmatchilar ishtirokida do‘stona uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda “ Artel” kompaniyasi rahbariyati vakillari, iqtidorli shaxmatchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni “ Artel” kompaniyasi Boshqaruv raisi Shohruh Ro‘ziqulov ochib berdi: — “ Maqsadimiz yoshlar oʻrtasida sportning shaxmat turiga qiziqishni oshirish, ularni yangi gʻalabalar sari ragʻbatlantirish va bu bilan Oʻzbekiston bayrogʻini xalqaro arenalarda baland hilpiratadigan yangi chempionlar yetishib chiqishiga oʻz hissamizni qoʻshishdir. Artel kompaniyasi har doim yosh shaxmat ustalarini qoʻllab-quvvatlashga va ular bilan yelkama-yelka turishga tayyor” , — deydi u o‘z nutqida.
Uchrashuv davomida “ Artel ” kompaniyasining sportning shaxmat turiga qoʻshgan hissasi aks etgan maxsus videorolik namoyish etildi. Shuningdek, “O‘zbek shaxmatining oltin avlodi” kitobi muallifi Husan Karvonli bilan tashkillashtildi, grossmeysterlar va “Artel” xodimlari oʻrtasida doʻstona shaxmat oʻyini ham o‘tkazildi, tadbir doirasida ishtirokchilar uchun “Artel” kompaniyasining koʻrgazmalar zaliga sayohat uyushtirildi.
Xolida MUSULMONOVA