"Markaziy Osiyo jahon sivilizasiyalari chorrahasida" xalqaro Madaniy meros haftaligi bo‘lib o‘tmoqda
Joriy yilning 13-14-sentabr kunlari Toshket shahrida Butunjahon jamiyatining V xalqaro kongressi “ O‘zbekiston madaniy merosi — Uchunchi renasans poydevori ” shiori ostida o‘tkazildi. Ushbu xalqaro anjuman konfirensiyalar, kitoblar va filmlar taqdimoti, ilmiy munozaralar, shuningdek 14 ta ko‘rgazma, 15 ta taqdimot, tarixiy obidalar va madaniy maskanlarga tashrifni o‘z ichiga olgan.
Bundan tashqari t adbirlar 14-15 sentabr kunlari Xiva shahrida o‘tkaziladi.
Madaniy forum doirasida O‘zbekiston Hukumati tashabbusi bilan TURKSOYga a’zo bo‘lgan davlatlar madaniyat vazirlari doimiy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Forum doirasida 13-21 sentyabr kunlari Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida an’anaviy tadbirga aylangan Madaniy meros haftaligining bir qator madaniy tadbirlari ham o‘tkaziladi.
Kongressda dunyoning 46 mamlakatidan tashrif buyurgan 200 ga yaqin olim va mutaxassislar — yetakchi sharqshunoslar, ekspertlar, tadqiqotchilar, qo‘lyozmalar va miniatyuralar bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Tadbirlar O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan YuNESKO, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, «Eriell Group» neft servis kompaniyasi ko‘magi bilan o‘tkazilmoqda.