Medialingvistika olamidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
Medialingvistika olamidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
O ‘ zbekiston Milliy matbuot markazida O ‘ zbekiston davlat jahon tillari universiteti Media va kommunikatsiya fakulteti tomonidan “ Madaniyatlararo kommunikatsiya aspektida lingvistika va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari ” mavzusida ilmiy - amaliy konferensiya o ‘ tkazildi . Mazkur konferensiyada yetakchi olimlar, mutaxasislar, professor-o‘qituvchilar, magistrant va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.
Anjuman davomida nazariyotchi-olimlar, yetakchi mutaxasislar, amaliyotchi tarjimonlar, magistrantlar, tadqiqotchi olimlar, magistrantlar, talabalar va jurnalistlar bilan birgalikda nazariy va amaliy lingvistika va lingvodidaktikaning dolzarb muammolarini, kasbiy yo‘naltirilgan tarjimaning zamonaviy tendensiyalarini, madaniyatlararo kommunikatsiyani, xorijiy tillarni, tarjima nazariyasi va yangi amaliyotni o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash masalalari to‘g‘risida fikr va tajriba almashildi.
Ma’ruzachilar tomonidan lingvomadaniy yondashuv xususan media olamida yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar, O‘zbekistonnning Germaniya va Fransiyadagi noyob qo‘lyozmalarini o‘rganish va uni qaytarish, yo‘qolib borish arafasida turgan tillarni qutqarish, tilga e’tbor berish, interaktiv jurnalistikadagi lingvistik muammolar va o‘zbek va ispan media makonidagi yumoristik janrlar to‘g‘risidagi dolzarb mavzulari bilan chiqishlar qilishdi. Hali yosh bo‘lishiga qaramasdan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-kurs talabalari Ruslan Ergashev “Media olamida adovat tili va uning shakllari”, Fayoza Oqbo‘tayeva “Madaniyatlararo kommunikatsiyada verbal vositalarning o‘rni” to‘g‘risadagi mavzu doirasida nutq so‘zlashdi. Anjuman doirasida yozilgan ilmiy maqolalar 7-iyunda tarqatilishi rejalashtirilgan.
Sevinch NORMO‘MINOVA,
O‘zDJTU talabasi