Mehrjon bayrami
Ilm bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga o‘xshatishgan. Bolaligimda ustozlarim kabi muallim bo‘lishni, o‘quvchilarning qo‘liga qalam tutishni orzu qilar edim. Bugun o‘zim ham jajji o‘g‘il-qizlarga bilim berib kelyapman.
Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 227-maktabda o‘tkaziladigan barcha bayramlar, tadbirlarga o‘quvchilarim bilan astoydil tayyorlanib, go‘yoki bir oiladek harakat qilamiz. Shu jumladan kuz faslining eng fayzli “Mehrjon” bayramini ham katta tayyorgarliklar bilan tashkillashtirdik. Barchamizga maʼlumki, oltin kuz fasli pishiqchilik, yig‘im terim davridir. Ushbu faslda bobo-dehqonlarimiz paxta, bug‘doy mevalar, sabzavotlar va boshqa xo‘jalik mahsulotlarini yig‘ib-terib olishadi.
Hosil bayrami maktabimizda xursandchilik bilan, rang-barang holda o‘tdi. Ushbu bayramda bolalar turli qiyofada namoyon bo‘lib, birlari qovoqcha, birlari sholg‘om, yana boshqalari esa olma, anor, sabzi va boshqa ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishdi. Bunday huzurbaxsh onlar – o‘z qo‘llari bilan chizgan suratlari va qo‘l mehnatlaridan, faqatgina yaxshi taassurotlar qoldi.
O‘quvchilar ertak qahramonlari, meva va sabzavotlardan iborat bo‘lgan ertaklarni aytib berishdi. Bu mashg‘ulotlardan maqsad –kuz faslida o‘quvchiliklarning sabzavotlar haqidagi tushunchalarini yana-da mustahkamlashdir.
227-maktab, 2-V sinf rahbari
Abdurahmonova Gulnora