Milliardlab bolalarning hayoti xavf ostida
Yaqinda YUNISEF tashkiloti bir qator ma’lumotlarni e’lon qildi. Achinarlisi, tashkilotning yangi hisobotiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab bir milliarddan ko‘p bolaning hayoti xavf ostida. Bosh sabab esa iqlim o‘zgarishi va havoning ifloslanishidan o‘ta yuqori darajaga yetib borayotganidir.
Hujjatda bolalar uchun yashash sharoitlari qoniqarsiz 33 davlat nomi ko‘rsatilgan. Ulardan 24 tasi Afrikada joylashgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Nigeriya, Gvineya va Gvineya-Bisauda yashovchi voyaga yetmaganlar ko‘plab salbiy omillar: iqlim o‘zgarishi, yomon ekologiya, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimining yomon kombinasiyasidan aziyat chekishi mumkin.
Hisobotga ko‘ra:
240 million bola suv toshqini xavfi;
330 million bola daryo toshqini xavfi;
400 million bola siklonlar xavfi;
600 million bola yuqori vektorli kasalliklar xavfi;
815 million bola qo‘rg‘oshin bilan ifloslanish xavfi;
820 million bola issiqlik to‘lqinlari xavfi;
920 million bola suv tanqisligi xavfi;
1 milliard bola esa havoning yuqori darajada ifloslanishi sabab xavf ostida.
Bu shunchaki raqamlar emas, milliardlab tirik jonlar taqdiri, bolalar hayotiga soya solib turgan omillardir.
Jahon meteorologiya tashkiloti rahbari Mishel Jarroning fikricha, sayyoramizda o‘rtacha harorat 7 darajaga ko‘tarilsa, Yer yuzi hududining teng yarmi hayot uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Chunki ayrim unumdor yerlar cho‘llanishga yuz tutsa, ayrimlari suv ostida qoladi.
Xulosa qilish mumkinki, tabiatga xiyonat — bolalarga xiyonatdir. Tabiatni asrash orqali biz bevosita kelajakni, bolalarni asragan bo‘lamiz!
Ro‘ziqul OCHILOV