Milliy til
DAVLAT TILINI SEVISH, UNING R IVOJLANISHIGA HISSA QO‘SHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZDIR !
Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur” – degan so‘zlaridan chuqur hikmat bor desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Darhaqiqat, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir.
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish, ona tilimizning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2020-yil 23-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida so‘zlagan nutqi bu boradagi say-harakatlarga keng yo‘l ochib, o‘zbek tilining nafaqat respublikamizdagi, balki jahondagi nufuzini yanada mustahkamladi.
Barchamizga ma’lumki, 21-oktabr − O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan mustaqil diyorimizda 21-oktabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri, joriy yilning
15-oktabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan “ Davlat tilini sevish, uning rivojlanishiga hissa qo‘shish – barchamizning burchimizdir” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Muhammad Yusuf Fondi raisi, “Fidokorana xizmatlari uchun ordeni” sohibasi
Nazira Salyamova , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar ahkamasining “Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti” mas’ul xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir, publitsist, tarjimon, “Xalq ta’limi a’lochisi” Faxriddin Hayit , O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Zoxida Muqimova , Favqulodda vaziyatlar vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Bahodir Valiyev hamda Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, ona tilimizning o‘ziga xosligi, bugungi kunda davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish borasidagi islohotlarga to‘xtalib, har bir vatan farzandi o‘z ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini joyiga qo‘yishda faol ishtirok etishi zarurligini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va uning joylardagi vakillari, ya’ni vazirlik, idoralarda faoliyat yuritayotgan davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar tomonidan idoralarda davlat tilini rivojlantirish, davlat tilida ish yuritishni tashkil qilish ishlarining izchil davom ettirilayotganligini alohida ta’kidladilar.
Shundan so‘ng, ijodkor mehmonlarimiz Ona tilini ulug‘lovchi bir qator she’rlaridan tadbir qatnashchilarini bahramand etdilar. Uchrashuvda kursantlar ham so‘z olib, el ardog‘idagi shoirlarning ijod namunalaridan yod aytib, ustoz shoirlardan esdalik she ’ riy to‘plamlari bilan birga o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.
Tadbir haqiqiy til bayrami va she ’ riy kecha sifatida qiziqarli o‘tganligi bilan tadbir ishtirokchilarining iliq taassurotlar qoldirdi.
Farhodjon XOJA Y EV,
FVV Akademiyasi
katta o‘qituvchisi, kapitan.