Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidir
Chilonzor tumani xalq ta’limi tashabbusi bilan 162-maktabda o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Moziyga qaytib ish ko‘rmak xayrlidir” mavzusida adabiy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi. Kechada Chilonzor tumani maktab o‘qituvchilari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Amir Xudoyberdiyev, Zamira Ibrohimova, Toshkent shahar XTBB axborot siyosati masalalari bo‘yicha boshliq maslahatchisi Erkin Xolboboyev, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chilonzor tuman bo‘linmasi rahbari Umidjon Tursunov ishtirok etishdi.
Til va adaiyot fani o‘qituvsi Muqaddam Maqsudova adibning “O‘tgan kunlar” asarini mahorat bilan sahnalashtirdi. Otabek, Kumush va Zaynab talqinidagi ijro mehmonlarni hayajonga soldi, ko‘zlarga yosh keldi.
Abdulla Qodiriyning nabiralari Manzuma Qodiriy tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib, mehmonlarga bobolari haqidagi ibratli xotiralarni ulashdi.
Zuhra OLIMJONOVA,
Chilonzor tumani xalq ta’limi bo‘limi uslubchisi