Mushoira mahorat darsiga ulanib ketdi
Mushoira mahorat darsiga ulanib ketdi
Qo‘shrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi va Zakovat o‘yinlari tashkil etilib, bunda tumandagi to‘rtta sektor a’zolari o‘zaro bellashdi va birinchi o‘rinni 3-sektor ya’ni ichki ishlar jamoasi egalladi va hokimimiz tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Yoshlar festivali doirasida qo‘shrabotlik yoshlarning iste’dodini namoyish etish maqsadida “Mushoira” kechasi o‘tkazildi. Tadbirda bolalar shoiri, “Zarafshon” gazetasi muxbiri To‘lqin Siddiq ishtirok etib, Vatanni madh etuvchi she’rlaridan o‘qidi. Mushoira ijodkor bilan yosh iste’dod egalarining samimiy suhbatiga hamda mahorat darsiga ulanib ketdi.
Qoʻshrabot tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining yil davomida yuqori natijalarga erishgan oʻqituvchilari, fan va sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilar va ularning ota-onalari Qo‘shrabot tuman hokimi Dilshod Shakarboyev va tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Xolmirza Xoliqulov tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.